Shou-biznes jurnalistlari haqida

Shou-biznes degan tushuncha hayotimizga kirib kelganiga ko'p vaqt bo'lmagan esa-da, aholimizning ko'p qismi uning domida qoldi. Nafaqat san'at, hatto adabiyot ham shu shou-biznes tovoqlarida tortiladigan bo'lib qoldi. Bu balo-qazoning hujumini samarali qilayotganlar shou-biznes jurnalistlari desam adashmagan bo'laman. Bu shovvozlarning ba'zilariga faqatgina shov-shuv bo'ladigan xabarlar yetarli bo'lsa, boshqalari eksklyuziv materiallarga o'ch. Ayrimlari esa shou-biznes qozonida qaynayotgan voqealarga o'zining subyektiv bahosini berishni va shu fikrlari bilan qaynash jarayonini boshqargisi keladi. Sariq gazetalarni gullatayotganlar ham shu turdagi jurnalistlar.

Inson bir xillikdan tez zerikadi, bu uning genida bor bo'lsa kerak. Hayotning bir maromda, bir xil o'tishi albatta zerikarli. Yangilikka o'chlik millat va makon tanlamaydi degan fikrni olg'a sursam suraqolay. E'tiroz bildiradiganlar topilsa topilar. Mana shu nozik joyimizdan tutgan shou-bizneschilar (ular ham asli o'zimiz) hayotimizga turfa xillik bag'ishlash uchun qanchalar ter to'kib, mablag' sarflamayptilar. Albatta orzu-havasimiz ustidan pul ishlab olish uchun. O'zbekning orzu-havasi bor ekan, shou-biznes olami gullab-yashnayveradi.

Chalg'imasdan shou-biznes jurnalistlariga qaytsak (Shou-biznesning o'zi haqida gapirishga asabim ham mahoratim ham yetmaydi). Ularni katta pul ishlaydi deb ayta olmayman, ammo kuni zo'rg'a o'tadiganlar safida ham emaslar. Bu maydonda ular uchun muhimi nom qozonish va boshqalarni ular bilan hisoblashadigan qilish deb o'ylaymanda men. Yozish usullari ham shou-biznesga yarasha - ko'cha tilida bo'lsa ham odamlarga ta'sirli qilib yozish. Publitsistika qonun-qoidalari har doim ham hayotga to'g'ri kelavermaydi, zamon o'zgargan. Hozir o'sha qonun-qoidalar asosida yozilgan maqola ular uchun "otalar so'zi" bo'lib, uni birov o'qimaydi hisob deb o'ylashadiyov.

Zamon o'zgarayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar jadallik bilan ketayotganligini hisobga oladigan bo'lsak, hozirgi voqe'ligimizda g'ayritabiiylik yo'q, hammasi risoladagidekka o'xshab ko'rinadi. Har zamonda ham inson uchun mening nazdimda eng keragi bo'lgan ma'naviyat tarbiyasi, ayni zamonamizda endi yangi usullarga o'tishi kerakmikan deb o'ylab qolaman. Shu shou-biznes peshonamizda yozilgan ekan nega uning usullaridan foydalanib ma'naviyatimizni tarbiyalashni davomlamaslik kerak degan o'rinli savolni yo'nib chiqaraman. Hukumatni bu yo'llarni qidirayotgani va bu yo'lda uncha-muncha yutuqqa erishganini ham tan olishimiz kerak. Lekin yaqinda o'qigan maqolam yuqoridagi shuncha "g'uldurashlar"imga sabab bo'ldi. Mahorat yetmaganligidan fikrimni lo'nda qilolmay halakman.

Xullas, o'sha maqola haqida. Uni mana bu yerdan o'qishingiz mumkin. Boshda bu maqolani orasi buzilgan eski hamkorlar orasidagi kesak, yo'g'e so'zbo'ronlaridan biri bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Keyinroq maqola ichida kattaroq e'tirozlar bordek tuyuldi. Hamma narsadan DARS qidirish kerakmas degan e'tiroz menga g'aliz ko'ringanday bo'ldi. Mazmunida DARS bo'lmagan "narsalar" ham "yashash" huquqiga ega deganiyam yoqmadi. Afsuski, bu fikrlar menga yoqmasayam to'g'riligini tan olaman. Ammo bunaqa "narsalar" me'yordan oshib ketsayam zarari katta bo'lishi aksioma (menimcha DARSsiz narsalar ko'p bo'lsa, ularning fikricha DARSlilari ko'p). Buni hayot ko'rsatyapti asta-asta. Aytib o'tganim maqolada bildirilgan fikrlarni qisman to'g'ri deb hisobladim, lekin qo'shilmagan joylarim ko'p. Ko'p tirajli gazetalarni tanqid nishoniga olgan bu ikki jurnalistlarning o'zi ham ortlarida katta auditoriyalari borligini esdan chiqarmasliklari kerak. Ulardayam bir tomonli tahlillar uchrab turadi. Shou-biznes mahsulotlari qanday tahlil qilingandayam ma'naviyatimiz buzilmasligiga foyda bo'lsa bo'ldi. Zamona zayliga to'g'ri kelmasa kelmas. G'arbdan kirib kelayotgan "real fikrlash"lar girdobiga tushib qolmasimizdan oldin qo'pol bo'lsayam to'siqlarni qo'yish kerak. To'siqlarni nozik did bilan xalqqa beozor qilib qo'yishni o'rganish kerak (kimdan, qanday qilib o'rganishni bilmayman, fikrimni aytdim-qo'ydim).

Shu o'rinda Sardor Komilov (Sayyod) haqida bir-ikki og'zi gap aytib ketsam. Necha yillik mehnati, izlanishlari evaziga hozirgi martabasiga erishib turgani ko'pchilikka sirmas. Uning fishkasi o'ziga xos yozishi (ko'pincha zamonaviy ko'cha tilida) va nayzali fikrlari (ular ham ko'pincha subyektiv, menimchada endi). Unga bildirilgan tanqidiy fiklarni o'ziga xos olamiga qilingan hujum deb hisoblab "yoqmasa kirma saytimga" tarzida javob qaytarishlari menga yoqmaydigan tomonlari. Kecha mahoratiga tan berib turgan insoni bugun yoqimsiz harakat qilsa yuz-xotirni bir chetga qo'yib so'zbo'roniga tutishdek dangalliklari yoqadigan tomoni. Kunda bo'lmasayam kun ora uning saytiga mo'ralab yangiliklardan boxabar bo'lib turishimniyam yashirib o'tirmay. :)

Hozircha shu. Xulosam esa quyida:
Shou-biznesni ma'naviyatmizni buzmasligini ta'minlash uchun kerak bo'lsa uning usullaridan, mahsulotlaridan foydalanish kerak. Bu sohadagi jurnalistlarni odamlarni "real fikrlash"ni niqob qilib o'zligimiz - o'z mentalitetimizni yot unsurlar bilan boyitavermaslikka chaqiraman.




Комментарии

  1. Анонимный9/12/2012 11:18 PM

    Sardor Komilov o'zbek tili orfografiyasidan 1 oylik kursni o'tib olsa ham juda yaxshi bo'lardi. Albatta o'z saytida o'zi istagan shaklda yozishi mumkin, lekin ""сентбярьда", "Буҳоро", "муҳлис" shaklidgi xatolarni ko'p qiladi. Abror

    ОтветитьУдалить
  2. Анонимный9/12/2012 11:20 PM

    Lotin yozuvida yozganida qiladi bu xatolarni. Muhlis, Buhoro kabi. Kirillchada yozganida esa, oxiri ь bilan tugaydigan so'zlarga qo'shimcha qo'shilganida ь tushirib qoldirilishi kerakligi haqidagi darsga esa kirmagan shekilli. Abror

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. O'zim ham ba'zida xato qilishim mumkinligi va balki yozilgan matnda mutaxassislar bir nechta xato topishi mumkinligi uchun bu borada fikr bildirmadim. Lekin siz aytganday ozgina vaqt sarflab o'rganvolib bexato yozishsa qanday yaxshi bo'lardi.

      Удалить
  3. Анонимный9/16/2012 7:55 PM

    Sayyod o'zi tegi jurnalistmasu. Yuridicheskida o'qigan. Sal pahtakorligi bor.

    ОтветитьУдалить
    Ответы
    1. Hozir Gulnora Karimova haqida yozayotganlariga qarab shunday fikrga kelgandirsiz. Keyinchalikdayam o'z fikrida qoladigan bo'lsa buni paxtakorlik deb bo'lmaydi.

      Удалить

Отправить комментарий

Популярные сообщения из этого блога

Antiqa ko'rsatuv

Siyosiy gazetalar haqida

Ўқувчиларни математика фанига қизиқтиришнинг яна бир усули ҳақида