Sport vs Fan

SPORT
  • Sport keng omma ichida fanga nisbatan mashxurroq. 
  • Sportchilarning davlatdan boshqa ham homiylari bor.
  • Sport musobaqalarida g'olib sharafiga u mansub bo'lgan davlat madhiyasi yangrab, bayrog'i ko'tariladi.
  • Chempionlarga havas qilgan milliyonlardan 1 tasi chempion bo'lolgandayam qolganlar havaskor sportchi sifatida sog'ligi haqida qayg'urgan bo'ladi.
  • Sport turlarining qonun-qoidalari keng ommaga tushunarli va musobaqalar shiddatli o'tadi.
  • Sportdagi ehtiroslar bizning kundalik tabiiy ehtiroslarimizning kuchaytirilgan variantidir.
FAN
  • Fan ziyolilar qatlamida mashxur.
  • Fanning ko'p yo'nalishlarining amaliyot bilan hamohang ishlashi juda katta iqtisodiy foyda keltirishi mumkin.
  • Sportdan farqli o'laroq fandagi bitta katta natija bir kishiga emas millionlarga millionlar keltira oladi.
  • Fandagi natijalar ehtiroslarsiz "sovuq kalla" peshlangan aql bilan olinadi. 
  • Fandagi natijalarning qay darajada kuchli ekanligini baholash sportdagidan anchagina nisbiy.

Sport musobaqasi g'olibiga yutuq sifatida avtomobil berishni qo'llab-quvvatlagan holda xalqaro fan olimpiadasi g'olibiga noutbuk tugul hatto netbuk ham bermaslikni qattiq qoralayman.

Bir paytlar katta ahamiyat kasb etgan vazirlik darajasidagi tizimni inqirozga qarab ketishiga tek qarab turishlikni yoqlamayman, uni jarlikka itarishdagi islohotlarni qoralayman.
Bir paytlar kurashchi bo'lgan, hozirda sportning faol homiysi bo'lgan katta biznesmenlarni olqishlagan holda, ilgari fan nonini yegan, hozirda fan homiysi bo'lishni istamagan katta biznesmenlarni tushunmayman.

Fanga homiylik qilish hozirda qudratli yoki yaqin kelajakda kuchli bo'lishni istagan davlatning vazifasi deb hisoblaydigan va yetarli e'tiborga molik bo'lmasdan araz qiladigan olimlarni ham yoqlamayman. Garchi o'zim ham shundaylar qatorida bo'lsam ham.


Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Antiqa ko'rsatuv

Siyosiy gazetalar haqida

Ўқувчиларни математика фанига қизиқтиришнинг яна бир усули ҳақида