Сообщения

Сообщения за сентябрь, 2012

Сўконғич раҳбарлар

Кундалик ҳаётда таниш-билишлардан эшитганларимга кўра "раҳбарлик маданияти" деган тушунча тарихда қолиб кетгандай туюлади. Айниқса, қишлоқ хўжалик бошқарув тизимидаги раҳбарларнинг оғзидан чиқадиган сассиқ гапларни эшитган одам, булар кунда далага соладиган маҳаллий ўғит аталмиш "пекало"га оғиз чаядими деб ўйлайди. Ҳа энди булар ..ўққа яқин юргани учун сассиса керакда деб ўйлай бошласанг, сатта шаҳарнинг қоқ марказида юмшоқ креслоларда ширин шарбатлар ичадиган "коттаконлар" туман, қишлоқдаги "сассиқкекирдаклар"ни ортда қолдириб кетар экан. Улар суҳбатдошни, тўғрироғи тингловчи, янаям тўғрироғи, тек туриб эшитувчиларни ота-онасидан тортиб етти пуштигача, эшитса гўрда тикка турадиган сўзлар билан сасситиб сўкмасалар ишлари юрмас эмиш. Қаердан бошланганини билмайману, лекин сўконғич раҳбарлар мустаҳкам занжир ташкил қилиб улгуришган кўринади. Президентимизнинг бу борада муштумзўр, сўконғич раҳбарларга орамизда жой йўқлиги ҳақида огоҳлантиришлари

Kim qarzdor?

Aholini elektr va gaz bilan ta'minlash davlatga tegishli tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Ularni tashqariga sotiladigan narxlardan ancha past narxda aholiga berilishi ham sir emas. Lekin bu hukumatning xalq uchun qilayotgani yaxshiligi emas, bu oddiy adolat. Chunki tabiiy resurslar xalqqa tegishli, hukumat uni xalq nomidan tasarruf etadi xolos. Tabiiy resurslarni qazib olish, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazish xarajatlari birgalikda hozirgi narxlarni tashkil etgan bo'lsa kerak degan fikrdaman. Endi viloyatlardagi elektr va gaz ta'minotidagi kamchiliklar haqida fikrlashsak. Oldinlari bu muammo mavsumiy bo'lib, asosan, qish faslida avj nuqtasiga chiqardi. Hozirda esa bu muammo surunkali tus oldi.  Yilning 4 faslida ham ta'minotdagi katta uzilishlar aholining haqli noroziligiga sabab bo'lmoqda. Bu muammoning asosiy sababi resurslarning yetishmasligimi, uzatish tizimidagi texnikaviy muammolarmi yoki oddiygina aholining ishlatilgan energiya va

Sport vs Fan

SPORT Sport keng omma ichida fanga nisbatan mashxurroq.  Sportchilarning davlatdan boshqa ham homiylari bor. Sport musobaqalarida g'olib sharafiga u mansub bo'lgan davlat madhiyasi yangrab, bayrog'i ko'tariladi. Chempionlarga havas qilgan milliyonlardan 1 tasi chempion bo'lolgandayam qolganlar havaskor sportchi sifatida sog'ligi haqida qayg'urgan bo'ladi. Sport turlarining qonun-qoidalari keng ommaga tushunarli va musobaqalar shiddatli o'tadi. Sportdagi ehtiroslar bizning kundalik tabiiy ehtiroslarimizning kuchaytirilgan variantidir. FAN Fan ziyolilar qatlamida mashxur. Fanning ko'p yo'nalishlarining amaliyot bilan hamohang ishlashi juda katta iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. Sportdan farqli o'laroq fandagi bitta katta natija bir kishiga emas millionlarga millionlar keltira oladi. Fandagi natijalar ehtiroslarsiz "sovuq kalla" peshlangan aql bilan olinadi.  Fandagi natijalarning qay darajada kuchli ekanligini

Shou-biznes jurnalistlari haqida

Shou-biznes degan tushuncha hayotimizga kirib kelganiga ko'p vaqt bo'lmagan esa-da, aholimizning ko'p qismi uning domida qoldi. Nafaqat san'at, hatto adabiyot ham shu shou-biznes tovoqlarida tortiladigan bo'lib qoldi. Bu balo-qazoning hujumini samarali qilayotganlar shou-biznes jurnalistlari desam adashmagan bo'laman. Bu shovvozlarning ba'zilariga faqatgina shov-shuv bo'ladigan xabarlar yetarli bo'lsa, boshqalari eksklyuziv materiallarga o'ch. Ayrimlari esa shou-biznes qozonida qaynayotgan voqealarga o'zining subyektiv bahosini berishni va shu fikrlari bilan qaynash jarayonini boshqargisi keladi. Sariq gazetalarni gullatayotganlar ham shu turdagi jurnalistlar. Inson bir xillikdan tez zerikadi, bu uning genida bor bo'lsa kerak. Hayotning bir maromda, bir xil o'tishi albatta zerikarli. Yangilikka o'chlik millat va makon tanlamaydi degan fikrni olg'a sursam suraqolay. E'tiroz bildiradiganlar topilsa topilar. Mana shu nozik

Siyosiy gazetalar haqida

Shanba kuni bozorga ish bilan chiqqanda bozor ichida ochilgan yangi gazeta do'koniga duch kelib qoldim. " Hurriyat " gazetasining telefon nomerlari kerak bo'lgani uchun shu gazetadan sotib olmoqchi bo'lib sotuvchidan gazeta narxini so'radim. Sotuvchi esa "hozir 1 daqiqa" deganicha qandaydir ro'yxatni izlashga tushdi. Men esa "bu gazeta 1 dona kelsa kerakda, narxi esingizda qolmabdi" deya hazil tariqasida gap tashladim. Sotuvchi hijlat bo'lganidan "yo'g'-e, bu gazetadan har safar 2-3 ta sotaman" dedi. Suhbatni davom ettirish ilinjida "eng tez sotiladigani haliyam " Darakchi "mi?" desam, sotuvchi "siyosiy gazetalar ham tez sotilib ketadi, ba'zida odamlar navbat ham kutib qolishadi. Men narigi do'kondan olib kelib beraman. Faqat bu holat yangi qarorlar chiqqan paytlarda bo'ladi", deb suhbatni davomladi. Bu suhbatdan chiqargan subyektiv xulosam shu bo'ldiki, odamlar qaro

Ijtimoiy tarmoqlar haqida-1

Ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishini va ko'pchilik uchun kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanishini ko'pchilik qatori men ham kutmagan edim. O'zi internet degan "balo"ga yo'liqqanim 2004-yil oxiriga to'g'ri keladi. Germaniyaing Berlin Ozodlik universitetiga ( Freie Universitaet Berlin ) DAAD  grantini yutib olib borgan paytlarim. Bir tomondan zerikish, boshqa tomondan yurtdan uzoqda yurtdoshlar bilan suhbatga tashnalik internet olamidan hamroh qidirishga jalb qildi. Taqdir taqazosi bilan o'sha paytda o'zbekcha gapiradigan internet foydalanuvchilari orasida anchagina mashxur bo'lgan "Arbuz" forumiga duch keldim. Turli yangiliklardan xabardor bo'lish, fikrlashlari, sharoitlari o'zimga yaqin bo'lgan yigit-qizlar bilan suhbatlashish o'zgacha maroq bag'ishladi. Ko'p narsa o'rgandim, kimgadir foydam tegdi, kimlarnidir yuzida tabassum uyg'onishiga sababchi bo'ldim. Xul

Kirish so'zi

Assalomu-alaykum! Ushbu blogni ochilish sabablarining asosiysi ba'zi fikrlarimni ichimga sig'dira olmaganimdir. Bu fikrlar katta-kichikligining menga ahamiyati yo'q. Muhimi ular mening o'tayotgan umrimning tempi, mazmuni haqida xabar qoldiradi. Hozirgi shiddatli zamonda umrning qanday o'tganini sezmay ham qoladi odam. Shuning uchun kunda kallaga kelgan fikrni yozib qoldirish ham foydadan holi emas deb o'yladim. Vaqt o'tib ba'zi yozilgan fikrlardan afsus chekib ham qolish ehtimoli bor, lekin bundan qo'rqmaslik kerak. Kim adashmaydi, kimning fikrlashi o'zgarishga yuz tutmaydi deysiz. Xullas, boshladik!