Ijtimoiy tarmoqlar haqida-1
Ijtimoiy tarmoqlarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishini va ko'pchilik uchun kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanishini ko'pchilik qatori men ham kutmagan edim. O'zi internet degan "balo"ga yo'liqqanim 2004-yil oxiriga to'g'ri keladi. Germaniyaing Berlin Ozodlik universitetiga (Freie Universitaet Berlin) DAAD grantini yutib olib borgan paytlarim. Bir tomondan zerikish, boshqa tomondan yurtdan uzoqda yurtdoshlar bilan suhbatga tashnalik internet olamidan hamroh qidirishga jalb qildi. Taqdir taqazosi bilan o'sha paytda o'zbekcha gapiradigan internet foydalanuvchilari orasida anchagina mashxur bo'lgan "Arbuz" forumiga duch keldim. Turli yangiliklardan xabardor bo'lish, fikrlashlari, sharoitlari o'zimga yaqin bo'lgan yigit-qizlar bilan suhbatlashish o'zgacha maroq bag'ishladi. Ko'p narsa o'rgandim, kimgadir foydam tegdi, kimlarnidir yuzida tabassum uyg'onishiga sababchi bo'ldim. Xullas, 4-5 yil shu forumda yashadim hisob. Bu forum ma'lum sabablarga ko'ra yopilgach, forum jamiyati ehtiyojidan kelib chiqib yangi forum ochildi. Eski forumchilardan ayrimlari, balki ko'pchilik qismi, bu forumga ko'chib o'tdi. Men esa kundalik ish tartibim tig'izlashgani, asosiysi, yosh ta'sirimi, bilmadim, forumlarda "yashash"ni xohlamadim. Bu mening ijtimoiy tarmoqlar quli bo'lishiga qarshi birinchi qadamim edi. :)
Shu o'rinda dastlabki ijtimoiy tarmoqlar deb forum va chatlarni tushunishimni aytib o'tsam. Bir paytlarda narod atalmish chatlar anchagina modada edi. Hozirda tushunadiganimiz ijtimoiy tarmoqlar (facebook, odnoklassniki, moy mir) ularni o'rnini to'la bosib ulgurdi hisob. Chatlar hozir ham mavjuddir balki.
Endi chalg'imasdan asosiy muddaoga o'tsam. Birinchi bildiradigan fikrim facebook haqida.
Facebookning asoschisi bo'lgan Mark Zukerberg tufayligina bu tarmoq shunday holga keldi desak ozgina adolatsizlik qilgan bo'lamiz. Tarmoqning imkoniyatlari uning tez mashxur bo'lishi barobarida ortib bordi va o'zini dunyo hukmdorlari deb biladiganlar nazariga tushdi. Bu tarmoqning demokratiya urug'ini sochish amaliyotidagi beqiyos o'rni Misrda bilindi. Olomonga ma'lumot tarqatish, ularni uyushtirishda bu tarmoq bir oddiy, lekin effektiv qurol sifatida ishlatildi xolos. Arab bahorining tashkilotchilari esa bunday "qurollar"dan ko'pini ishlatdilar. Facebook haqidagi statistik ma'lumotlar, unga bog'liq shaxslar ismi-sharifini bilib olishni o'zingizga qoldirgan holda (manba wikipedia), bu tarmoq haqida o'zimning taassurotlarimni aytib o'tsam.
Umuman olganda facebook tarmog'ining hayotimdagi o'rnini ijobiy baholayman. To'g'ri boshida biroz berilib ketib FB addict bo'lib qolgandim. Yil boshida 6 oy dam olgach sal o'zimga keldim. Endi bo'sh vaqtim, kayfiyatimga qarab kirib turadigan bo'ldim. Asosan do'stlarda nima gap degan maqsadda kiraman. Ba'zida ilinganimni "ulashib" chiqaman. Do'stlar, ularning do'stlari "ulashgan" ko'plab yangiliklar hayotimga mazmun kiritib turganini ro'y-rost aytishim kerak. Do'stlar hayotidagi maroqli damlar, baxtli onlarni ko'rib kayfiyatim ko'tariladi, ular uchun xursand bo'laman. Ba'zi masalalarda fikrlashim yo'nilib-yo'nilib aniq shaklni oladi. Muhim yangiliklarni chat orqali, shaxsiy xabarlari orqali almashib turaman. Sanab o'tganlarim bu tarmoqning men uchun ijobiy tomonlari. Salbiy tomonlari haqida sal keyinroq.

Комментарии
Отправить комментарий