Siyosiy gazetalar haqida
Shanba kuni bozorga ish bilan chiqqanda bozor ichida ochilgan yangi gazeta do'koniga duch kelib qoldim. "Hurriyat" gazetasining telefon nomerlari kerak bo'lgani uchun shu gazetadan sotib olmoqchi bo'lib sotuvchidan gazeta narxini so'radim. Sotuvchi esa "hozir 1 daqiqa" deganicha qandaydir ro'yxatni izlashga tushdi. Men esa "bu gazeta 1 dona kelsa kerakda, narxi esingizda qolmabdi" deya hazil tariqasida gap tashladim. Sotuvchi hijlat bo'lganidan "yo'g'-e, bu gazetadan har safar 2-3 ta sotaman" dedi. Suhbatni davom ettirish ilinjida "eng tez sotiladigani haliyam "Darakchi"mi?" desam, sotuvchi "siyosiy gazetalar ham tez sotilib ketadi, ba'zida odamlar navbat ham kutib qolishadi. Men narigi do'kondan olib kelib beraman. Faqat bu holat yangi qarorlar chiqqan paytlarda bo'ladi", deb suhbatni davomladi.
Bu suhbatdan chiqargan subyektiv xulosam shu bo'ldiki, odamlar qarorlar (menimcha Prezident qarorlari)ni topib o'qishga o'rganishyapti ekan. Demak, odamlarning kelajakda siyosiy uyg'oq bo'lishlariga umid qilsa bo'ladi. Agar shu kelajak juda yaqin bo'lsa, hukumatimiz shunga tayyormikan? Aytmoqchi bo'lganim, odamlar siyosatni tushunib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda o'z fikriga ega bo'lish, uni bildirish va istaklarini fikrdoshlari bilan birga hukumatga chiqish yoki vakillari orqali hayotda tadbiq qilishni boshlagan paytda, ularni turli xil maqsadlarda nayrang ko'rsatadigan "katta o'yinchilar"dan himoya qiladigan kuchli va aqlli hukumat bo'larmikan? Turli fikrlarga nisbatan tolerantlik qanday darajada bo'larkin? O'sha paytlar kelishini aniq bilgan holda balki bunga munosib tayyorgarlik ko'rilayotgandir ham. Hukumatimizda ahmoqlar ishlamaydi. Siz bilan bizdan ko'ra uzoqroqni o'ylab islohotlar o'tkazayotgandir buni vaqt ko'rsatadi.
Siyosiy gazetalarning o'quvhcilari kimlar bo'ladi? Bu gazetalarda berilayotgan maqola, fel'etonlarning asl maqsadi nima? Balki siyosiy partiyalar o'z nashrlari orqali o'z saylovchilari muammolarini ko'tarayotgandir, ularning manfaatlarini himoya qilgan holda "chiqishlar" qilayotgandir. To'g'risi bu haqda ma'lumotim yo'q. Orqavarotdan eshitganlarim bor. "Milliy tiklanish" partiyasining gazetasida farg'onalik olimning maqolasi chiqqan ekan. Unda farg'onalik mashxur jurnalist Muhammadjon Obidovga bir qator e'tirozlar yozilgan edi. Emishki, M.Obidov uning ilmiy ishlarini partiyaga umuman aloqasi yo'qligini, partiya o'z nomini ko'tarish va hisobot yozish uchungina olimlarning ilmiy hisobotiga kalla suqishlarini yozganda nohaq ekan. Olimning aytishicha uning kashfiyotlarida partiyaning bevosita o'rni bor emish. Mana shunaqa "xonaki olishuvlar"ga to'lamikan degan gumonda bu xildagi gazetalarga qiziqmagan edim. Endi ozgina qiziqish bor, shuning uchun ularni o'qib borib, payti kelganda, batafsilroq sizlar bilan o'rtoqlasharman.
PS
Yozayotganlarim nomi vahimayu, ichida maqsad yoxud "katta fikr", jillaqursa oddiy munosabat ham yo'qdek tuyulayotgandir. Xulosa qilishga shoshilmang, haqiqatdan ham ularda botiniy maqsad yo'q. Shunchaki o'zimning subyektiv fikrlarim xolos. Balki, professional jurnalistlarga o'xshab obyektiv tahlillar asosida o'z munosabatimni munosib xulosalay olmayotgandirman. Musulmochilik asta-asta deganlariday, vaqti kelar. Keyinchalik, balki aniq bir maqsadni xamirturush qilgan holda biror narsalar yozarman, ammo ular samimiy bo'lishiga shubham bor. Hozircha "dumbul" bo'lsa-da samimiylaridan bahramand bo'lib turing. Vaqtingizni ayamay fikringizni yozib qoldirsangiz minnatdor bo'lardim.

Gazetalar sotilib ketishi uchun har haftada yangi qaror chiqarib turish kerak ekanda endi. Xaqiqatdanam bizda yangi qaror chiqqanda maktab o'qituvchilaridan tortib xususiy firma rahbarlarigacha gazetalarni qidirib qolishadi. Maqsad qarorni tushunish, anglash, shu qaror asosida ish olib borish emas, aksincha qachondir kerak bo'lib qolar degan umidda sotib olishadi. Afsuski bu gazetalarni keyingi ko'radigan kuni hammamizga ma'lum, yo somsachilar yo pistafurushlar qo'lida ko'ramiz. Gazeta shunday bo'lsinki, odamlar keyingi soni qachon chiqishiyu, qaysi kiosklarda bor bo'lishini oldindan bilishsin. Bir vaqtlar "Trud 7", "Futbol" gazetalarini gazeta sotuvchilariga oldindan pulini berib qo'yib olinardi. Hozir hamma sariq nashrlar bilan band bo'lib qolgan.
ОтветитьУдалитьГапингизга қўшилмасдан иложим йўқ. Ҳозирда сотилиши яхши бўлган газеталар сиз айтган "сариқ газеталар" ва бу газеталар турига қўшолмай турганим спортга, хусусан футболга оид газеталар. Спорт журналистларининг дадил гаплар ёзадиган таҳлилий мақолаларига тан бераман. Агар шу журналистлар бошқа соҳаларда ҳам ижод қилсалар, балки сиз айтган кунлар қайтармиди? Сиёсий йўналишларда бош муҳаррирлар цензураси сабаб ҳам журналистлар эркин ижод қила олмайди деб ҳисоблайман. Ёзгани учун бор масъулиятни журналистга юклаган ҳолда чоп эта оладиган мард муҳаррирлар даври ҳам келиб қолар. Ҳақиқат баҳсларда туғилади деб бекорга айтишмаган. Бу баҳсларни меъёрда бўлишини аввал бошда ҳукумат назорат қилишини ҳам тўғри деб ҳисоблайман. Фақат бу нарса "салла деса калла олиб келадиганлар" қўли билан амалга оширилмаслиги керак.
УдалитьБиринчи эсимда борини ёзиб олай: Эркин ака спорт журналистлари сиёсий соҳага ўтганда улар ҳам шундай бўлиб қолишади. Сабаби сиёсий танқид ёзиш учун отни калласидек юрак керак. Бизда озгина ички цензура кучлироқ, (бу бош муҳаррирларники эмас) ўзимиз қўрқамиз танқидий-таҳлилий мақола ёзишга. Шунинг учун ҳам одамлар газеталарда таҳлил йўқлиги учун ўзини кўнгил хушловчи газеталарга сарфлашади. Ахир оддий кундалик янгиликларни ўқийвериш манимча кўпчиликка унча қизиқ эмас. Журналистларни дадил, тиш-тирноқли мақола ёзишга, кимнидир мақташ йўлига ўтмасдан, ютуқларга маҳлиё бўлмасдан ижод қилишга даъват этиляпти. Лекин ким ҳам ўз иссиқ жойини юқотишни яхши кўради, айтингчи? Ким? Ҳеч ким. Бу билан ОАВдан риволаниш кутиб бўлмайди.
ОтветитьУдалитьTelevideniya haqida bir maqola o'qigan edim. Unda ishlatilgan bir jumla menga rosa maqul tushib mendek o'ylaydiganlar safi ham ko'pligidan va ko'payishidan hursand bo'lgandim. Xullas, unda shunday deyilgandi: Yangiliklardan bohabar etuvchi Teledasturlarni tomosha qilsangiz nizda bizda faqat yig'ilishlar bo'ladimi deb o'ylaysiz. U yoqqa olsangiz ham 4 tasini yig'ilishi bu yog'dayam shu. Dunyoni u tomonini suv olgan bu yog'da bunqa janjal... eee qoyaverasiz.
ОтветитьУдалитьShu insonlar hali qilgan ishlaridan uyalishadi bir kun kelib lekin ungacha, reallik, dovyuraklik va vijdon kerak ko'pchilikka!