Antiqa ko'rsatuv



01.01.2005 yildan boshlab yer atmosferasi yana bir bemaza to'lqin bilan bulg'anishni boshlandi. Gap shundaki, shu kundan boshlab XYZTV o'z ishini boshladi. Quyida bu TV dagi bir ko'rsatuvning ssenariysi beriladi. Mabodo boshqa ko'rsatuvlari haqida ma'lumot topsalaring, shu yerga yozib qoldiraveringlar.

 Sayyora hafta ichida

1-kadr: Boshlovchi prilichniy kiyimda, kak polojena galstuk, sochlar gellangan, qo'lida yosh bolaning sarg'ayib ketgan ishtonchasi.
Boshlovchi: Dunyo juda o'zgaruvchan. Bu mening ishtoncham edi (ishtoncha ekranda kattalashtirib ko'rsatiladi). Yoshligimda bu ishtonchaga tez-tez siyib qo'yar edim. Shunda onam aytsang bo'lmaydimi, tiling borku axir deb rosa urishardilar. Men esa... bu haqda ko'rsatuv oxirida gaplashamiz. Hozir esa...

Assalomu-alaykum. Efirda Sayyora hafta ichida ko'rsatuvi, studiyada men boshlovchi Hoshm baqiroq.
Ko'rsatuvimizda:
Lavhalar ko'rsatib boriladi.
1. Ahmoqboyning ahmoq novvoslari chorvoq qo'shnisi Bechori kosibning uyiga hujum qilishdi.
2. Qishloqdagi katta ariq qurish arfasida

Endi bular haqida bafurja.
Kuni kecha Ahmoqboyning novvoslari qo'shnisi Bechori kosibning hovlisiga hujum qilganlar. Uy devor bilan o'ralganiga qaramasdan bu shunday ham nurab turgan devorni buzish novvoslar uchun qiyin bo'lmadi. Ular dastlab ekin maydonini ishg'ol qildilar. Yeyishga yaraguliklarni yeb, qolganlarini tuyoqlari bilan rosa toptadilar. So'ngra rasman asosiy deb tanlangan maqsadni amalga oshirdilar, ya'ni kosibning tovuqxonasini buzib bechora tovuqlarni zolim kosibning zulmidan ozod qildilar. Yana qaytib kelamizmi deb bir yo'la og'il, tandir va yangi qurilayotgan uyni ham batamom vayron qildilar aqlli novvoslar.
Bu voqeaga kosibning bechora xotini va 7 bolasi so'zsiz guvoh bo'ldilar. Agar ovoz chiqarganlarida novvoslar ularni tualetdaligini bilib, uni ham vayron qilardilar. Bundayin qahramonlarhca harakatlardan so'ng novvoslar kosibning o'zini qidirishga tushdilar va bir muncha vaqt o'tgandan keyin uni yong'oq tagidan topishib, uni darhol Ahmoqboyning huzuriga eltdilar.
Biz bu hujumning maqsadini bilish maqsadida Ahmoqboyga murojaat qilganimizda u bizga quyidagilarni aytdi:
Men necha yillardan beri bu kosibni kuzatib kelaman. U uy jonivorlariga juda zulmkorlik bilan muomala qilishi butun mahallaga ayon. Lekin oxirgi qilig'i sabr kosamning to'ldirdi va adolatni qaror toptirishdek yuksak maqsadlar bilan novvoslarimga ushbu topshiriqni berdim. Aniqroq aytadigan bo'lsam, bu yaramas kosib shunday ham ezilib yurgan tovuqlarini ozodlikdan mahrum etib, katakka soldi. Bechora tovuqlarning qilayotgan ohu-zorlarini eshitganingizda yuragingiz ezilib ketardi. Yaramas o'g'li ularni 1 soat aylantirgani olib chiqib, o'shanda ham ularni nazorat qilib turardi. Men zo'rg'a 2 hafta chidadim, keyin nima qilib bo'lsa ham adolatni qaror toptirib bechora tovuqlarni ozod qilmoqqa niyat qildim. Bu niyatimni qo'shnim Qitmirbekka aytsam, u ham ma'qulladi va 2 ta novvosini bu ish uchun berib ham turdi. Buning uchun undan cheksiz minnatdorman. Xullas, tovuqlarni ozod qildik va ularni uyimizga vaqtinchaga keltirib qo'ydikkim, kosibning xotini va bolalari ularga ozor bermasinlar.
Mana o'zingiz ko'rib turganingizdek ozod tovuqlar xursand. Yaqinda tovuqlarga tanlash imkoniyatini beramiz, xohlasa bu yerda erkinlikda qolishadi yoki kosibning xotini va bolalari zulmi ostida yashashadi. O'ylaymanki, ular ozodlikni tanlaydilar. Kosibni esa adolat yuzasidan sud qilamiz. So'ramasangiz ham aytib qo'yay, hozir menda Tolip sopol o'rdaklarini ko'chaga chiqarmayapti degan informatsiya bor. Agar shu kunlarda shu ishini davom ettirsa o'rdaklar ozodligi uchun ham kurash olib borishimga to'g'ri keladi.

Biz bu voqeani sharhlash uchun kosibning ham do'sti ham qo'shnisi Samimiyni suhbatga chorladik.
Samimiy: To'g'risini aytsam, bu Ahmoqboyning yana bir xiylasi xolos. Aslida u tovuqlarning katakda yashashidan manfaatdor emas edi. Chunki tovuqlarning bir qismi uning hovlisidagi somonxonaga tuxum qo'yishar edi. Buni payqab qolgan kosib bir necha marta tuxumlarni berishni so'raganda Ahmoqboy lo'lilik qilib bermagan edi. Majbur bo'lganidan kosib tovuqlarini katakda saqlashga qaror qilgan edi. Tekin tuxumlardan quruq qolgan Ahmoqboy, nihoyat ushbu xiylani o'ylab topgan.

B: Bizda Samimiyning gaplari ishonch tug'dirmadi, chunki u kosibning do'sti va albatta uni oqlashga harakat qiladi. Bizning fikrimizcha, har bir tovuq ozod yashashga haqli.

Keyingi xabarga o'tamiz. Yaqin orada qishloqdagi eng katta ariqning suvi batamom qurib qolish havfi bor. Nima qilmoq kerak? Shu savol bilan qishlog'imiz mirobiga murojaat qildik.
Mirob:
Bu ariqqa suv o'zi hov ano' katta yo'l yoqasidagi katta kanaldan keladi. Kanalning qishloqqa yaqin qismida to'g'on bor. U yerda bir odam turadi kontrol qilib. Yaxshi gaplashsangiz katta qilib ochib beradi, bo'lmasa qisib-qisib beradi. Men oqsoqolga aytdim, qishloqdan pul yig'ib qo'yaylik, men yonimdan sarflab obkemayman suvni dedim. Oqsoqolni pulni yig'di-yu, kerak bo'lganda mendan olasan dedi. Kerak bo'lganda so'rasam bergisi kelmay berib yurdi. Oxirgi paytda voobshe bermay qo'ydi. Bermagandan keyin menam anavi kontrolchi bilan gaplashmay qo'ydim. Shundan keyin u kontrolchi ham oldin qisib-qisib bergan bo'lsa, endi umuman bizga darvozasini ochmay qo'ydi. Shunga yana pul kerak. Pul bo'sa ariqda suv bo'ladi, bo'lmasa yo'q.

B: Biz teletomoshabinlarga murojaat qilamiz, agar bu qishloq aholisi suvsiz qolib ketmasin desangiz yordam qo'lini cho'zing.
Endi ishtonchaga qaytsak. Men hozir ham ishtonimga siyib qo'yaman. Vaholanki, bemalol gapirishga tilim bor. Lekin erinaman, chunki urishadigan onam yo'q. Xullas, dunyo o'tkinchi, insonlar o'tib ketaveradi, lekin ma'lum odatlar qolaveradi.

Salomat bo'linglar.
Keyingi safargi ko'rsatuvimizda Qulmat xotinbozning sobiq xotinlarining sensatsion gaplari haqida uning hozirgi xotinining fikrlari bilan tanishamiz.


16.02.2005 yil, Berlin.                   

PS
O'sha paytlarda mavzu juda dolzarb edi. Mana oradan qariyb 10 yil o'tsa hamki tanlangan mavzu o'z dolzarbligini yo'qotmagan.

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога

Ўқувчиларни математика фанига қизиқтиришнинг яна бир усули ҳақида

Siyosiy gazetalar haqida